Kostakurta Donnarummaga "Milan"da qolishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2017
"Milan" sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurta jamoa darvozaboni Janluiji Donnarummaga boshqa klublar taklifini eshitmay, jamoada qolishni maslahat berdi.

Futbolchi xizmatlariga "Real" qiziqish bildirmoqda.

"Agar Donnarumma "Milan"da qoladigan bo'lsa, bu uning o'ziga foyda. Italiyada Donnarummaga ishonishadi, chet elda bunday emas" - deydi Kostakurta.

Oldinroq 18 yoshli futbolchining oilasi darvozabonga "Milan"da qolishni maslahat bergan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia