Kosovo termasining mag'lubiyatsiz seriyasi 15 o'yinga etdi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019
Evro-2020 saralashi doirasida Kosovo termasi o'z maydonida Chexiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Qayd etish kerak, kosovoliklar 15 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. So'nggi bora ular 2017 yilning 9 oktyabr kunida Islandiyaga yutqazib qo'yishgandi.

Shundan keyin Kosovo termasi 10 g'alaba va 5 durangni qayd etdi.

Kosovo 2016 yilning mayida FIFA a'zosi bo'lgandi. Evro-2020 saralashida ular o'z guruhida Angliyadan keyin 2-o'rinda kyetishmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA