"Kosonsoy" tarkibini kuchaytirmoqda

5 avg 2013, 22:59
Birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlari boshlanishiga bir hafta vaqt qoldi. Ayni paytda jamoalar o'z tarkibini kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda.
Xususan “Kosonsoy” mavsumning qolgan qismiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida mashg'ulotlarga zo'r bermoqda. Shu bilan birga bu jamoa ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Safga kelib qo'shilganlar orasida ilgari oliy ligada to'p surgan futbolchilarni ham uchratish mumkin. Misol uchun Eldor Isaboev (“Neftchi”), Maqsud Hayitov (“Andijon”), Muqimjon Toshmatov (“Qizilqum”) hamda Islom Ahmedovni aytish mumkin. Shuningdek “Sharq” mintaqasida birinchi bochqichda ishtirok etgan Uychining “Xotira-79” jamoasidan ham Dilshod Nazirov va Aziz Matkarimovni ayni paytda “Kosonsoy” mashg'ulotlarida ishtirok etishayotganini ko'rish mumkin.
Mehmon Solixo'jaev boshchiligidagi jamoa bugun Kosonsoyda yon qo'shnilaridan biri “Chust-Paxtakor” bilan o'rtoqlik o'yinini tashkil etdi.
“KOSONSOY”-“CHUST-PAXTAKOR” 3:1 (3:0)
Kosonsoy. Kosonsoy markaziy o'yingohi.
Gollar: Davronbek Isoqov (6, 9, 45) - H.Ibragimov (75).
Kosonsoy: Eldor Isaboev, Sardorbek Asqarov, Mirjamol Jamolov, Maqsud Hayitov, Dilshod Nazirov, Aziz Matkarimov, Muqimjon Toshmatov, Ilhom Telyakov, Boburmirzo Karimov, Davronbek Isoqov, Islom Ahmedov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Yagudin Roshin, N. Adamxonov, M.Abdullaev, Islom Hoshimov, Bobur Mamajonov, R.Mirzaev, A.Hojimirzaev, A.Ibragimov, A.Toshpo'latov, SH.Razzoqov, L.Isroilov, A.Mahmudjonov, SH.Mamasoliev.
Chust-Paxtakor: D.Munavvarov, J.Ikromov, B.Rasulov, A.Ergashev, D.Fozilov, F.Yo'ldoshev, S.No'monov, U.Ahmadjonov, A.Gullaboev, H.Buvvataev, A.Ergashev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: V.Tursunov, E.Normatov, H.Ibragimov.
Islombek Rustambekov

Manba: championat.asia