Koronavirusdan tuzalgan Jiru mashg'ulotlarga qaytishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2021, 08:10
"Milan" futbolchisi Olive Jiru yaqin orada mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.

34 yoshli futbolchining koronavirus uchun topshirgan testi manfiy natija ko'rsatdi. Bungacha, 2 sentyabr kuni unda koronavirus aniqlangandi va o'shandan beri u izolyaciyada qolgandi. 

Bugun u mashg'ulotlarga qaytish uchun protokolga ko'ra tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

"Milan" ertaga A Seriya doirasida "Lacio"ga qarshi, 15 sentyabr kuni esa YCHLda "Liverpul" bilan o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: acmilan.com