Koronavirus tufayli "Liverpul"ning mukofot pullari nisbatan kamaydi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2020
Pandemiya tufayli "Liverpul" Premer-ligadagi g'olibligi uchun qisqartirilgan mukofot pullarini oladi, ammo bu baribir juda katta miqdor.

Ma'lumki, Premer-ligadagi mukofot pullari ikki qismdan iborat. Birinchisi barcha 20 jamoa uchun bir xil bo'lsa, ikkinchisi jadvaldagi yakuniy poziciyaga bog'liq bo'lgan mukofot pulidir.

Aslida "Liverpul" birinchi o'rinni olgani uchun 63 million funt sterlingga ega bo'lishi lozim edi, biroq mavsumning ma'lum muddatga to'xtab qolgani tufayli miqdor 14 foizga qisqarib, 54 million funt sterlingni tashkil etadi.

Shunga qaramay, "Liverpul"ning Premer-ligadagi pul mukofoti umumiy 175 million funt sterlingga teng. The Times ma'lumotiga ko'ra, oxirgi o'rindagi "Norvich" 94 million funt oladi.

Bundan tashqari, "Liverpul" UEFA Chempionlar Ligasiga chiqqani uchun 100 million funt sterling miqdordagi mablag'ni oldindan oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia