Koronavirus Info. O'zbekistonda to'rt bemorning ahvoli og'ir

Narzulla Saydullayev
25 mar 2020, 11:29
Telegramdagi rasmiy Koronavirus Info kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

O'zbekistonda 25 mart 9:00 holatiga ko'ra koronavirus infekciyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 55 nafarga etdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig'i Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni besh nafarga ko'payib, 55 nafarga etgan. Ulardan 15 nafarida kasallik pnevmoniya bosqichida, to'rt nafarining ahvoli og'ir deb baholanmoqda. 20 ming aholi qatiy karantin ostida.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia