Koronavirus Info. Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?

Narzulla Saydullayev
25 mar 2020, 18:41
Telegramdagi rasmiy Koronavirus Info kanalidagi eng muhim xabarlarni taqdim etib boramiz.

 Bugun AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G'iyosov ishtirokida brifing o'tkazildi.

Savol: Nima uchun tibbiyot muassasalarida telefon vositalari olib qo'yilmoqda?


Javob: Karantin o'rnatilgan joylarda xavfsizlikni taminlash ishlari yolg'on axborotlar tarqatish, aholida vahima kayfiyatini uyg'otuvchi materiallar tarqalishining oldini olishni ham o'z ichiga oladi. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolovchi vrachlardan telefon apparatlarining olib qo'yilishi ana shu holat bilan ham bog'liq.

Biroq tibbiyot xodimlari oilasi, yaqinlari bilan muloqotda bo'lishi uchun muassasada faoliyat ko'rsatib turgan telefon vositalaridan foydalanishi mumkin.


#uydaqoling

#vahimasizkarantin 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia