Korea Football News: Sanjar Tursunov va Lutfulla To'raev K-Ligaga o'tishadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 09:01
O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki yarim himoyachisi faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Koreya futbolini yoritib boruvchi KorFootballNews tvitteri bergan xabarga ko'ra Sanjar Tursunov va Lutfulla To'raev K-Ligaga o'tishadi.

Ularning aynan qaysi klublar yoki klub safiga o'tishi borasida boshqa ma'lumot berilmagan.

Bunga qadar K-ligada Server Jeparov, Aleksandr Geynrix va Temur Kapadze kabi hamyurtlarimiz faoliyat olib borishgandi.

Eslatib o'tamiz, Sanjar Tursunov ayni paytda Rossiya birinchi divizionida ishtirok etayotgan "Gazovik" klubiga tegishli bo'lsa, Lutfulla To'raev yaqindagina "Bunyodkor"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia