“Kopengagen” darvozaboni “Yuventus”ga qarshi o'yinda amalga oshirgan seyvlaridan hayratda qoldi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 15:12
“Kopengagen” darvozaboni Yuxan Viland Chempionlar ligasi 1-tur guruh bosqichi doirasida “Yuventus”ga qarshi o'yindan so'ng (1:1), oldin bunchalik ko'p seyvlarni amalga oshirmaganligi aytib etdi.

32-yoshli shved, turinlikarning ikkinchi bo'limda ustun bo'lganliklari, lekin shunga qaramay “sherlar”ga ochko olish nasib etganini aytdi.

- Oldin “Kopengagen” uchun bunchalik ko'p seyvlarni amalga oshirmaganman. Men birinchi bo'limning o'zida ikkita eng xavfli vaziyatni qaytardim. Fikrimcha o'shanda biz “Yuventus”ga gol urishga imkoniyat bermay, vaziyatni boshqarishga harakat qilayotgan edik. Biroq ikkinchi bo'limda biz charchab qoldik va oxir oqibat “Yuventus” o'yin boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Shunday bo'lsada “Yuventus”dek buyuk klubga qarshi chiqib, so'nggi daqiqalarda ochko olishga muvaffaq bo'ldik”, - Vilandning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net