Kopa Amerika. Penaltilar seriyasigacha borgan bahsda Urugvay Kanadani mag'lub etdi va bronza medallarga ega chiqdi

Khoja
14 iyul 2024, 07:48
Amerika kubogida bronza medallari uchun o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuv shiddatli o'tdi va bahsning so'nggi daqiqalarida Suares tomonidan kiritilgan gol urugvayliklarga durang taqdim etdi. Penaltilar seriyasida esa omad Urugvayga nasib etdi va Kopa Amerika musobaqasining bronza medallariga ega chiqishdi.

Amerika kubogi. 3-o'rin uchun o'yin.

Kanada – Urugvay 2:2. (Penalti - 3:4)

Gollar: 0:1 – 8 Bentankur, 1:1 – 22 Kone, 2:1 – 80 Devid, 2:2 – 90+2 Suares.

Kanada – Sent-Kler, Jonston (Devis, 62), Lumpungu, de Fujrol (Kornelius, 67), Lareyya, Axmed (Millar, 77), Osorio (Beyr, 77), Shuene, Kone, Shaffelburg, Oluvaseyi (Devid, 67).

Urugvay – Rochet, Ximenes, Kaseres, Vinya (Olasa, 66), Bentankur, Valverde, Ugarte (de Arraskaeta, 46), Nandes, Arauxo (Olivera, 61), Pelistri (Rodriges, 61), Nunes (Suares, 46). 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia