

Uchrashuvning asosiy bo'limida hisob ochilmadi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa Peruning qo'li baland keldi. Futbol lotoreyasida yagona noaniq zarbani to'pga birinchi bo'lib yaqinlashgan urugvayliklar forvardi Luis Suares yo'lladi.
Shu tariqa, Peru terma jamoasi 4 iyulda (Tosh. vaqti - 05:30) Chili vakillari bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
Urugvay – Peru 0:0 (0:0, 0:0)
"Fonte Nova" stadioni.
Penalti seriyasi - 4:5
Urugvay – Muslera, Kaseres, Godin, Gonsales, Ximenes, Nandes (Torreyra, 57), de Arraskaeta, Bentankur, Valverde (Stuani, 90), Suares, Kavani.
Peru – Galese, Trauko, Advinkula, Sambrano, Abram, Yotun, Flores, Kueva (Ruidias, 85), Karrilo (Gonsales, 75), Tapiya, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Godin (33), Sambrano (49), Kueva (63), Valverde (70).



