Ko'p kutmadik. Rasman: Ikardi - PSJ futbolchisi

Mirjalol Normatov
31 may 2020, 16:16
Kutilganidek "Inter" Mauro Ikardini PSJga sotib yubordi.

Argentinalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni PSJ tarkibida ijara asosida o'tkazgandi. Milanliklar matbuot xizmati Ikardining "Inter"dagi 6 yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi va kelasi faoliyatiga omad tiladi.

Oldinroq aytilganidek, Ikardining transferidan Italiya klubi 50 mln evro ishlab oladi. Futbolchi Fransiyada yiliga 8 mln evro maosh oladi.

Muddatidan oldin yakunlangan chempionatda futbolchi 20 o'yinda qatnashdi va 12 gol urib, 3 bora assistent bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside