Kontega "Manchester Yunayted" futbolchisi kerak

Alisher
4 may 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Inter" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Milan klubi fransiyalik xavbek bilan shartnoma imzolash uchun kurashga qo'shilishga tayyor.

"Inter" ustozi Antonio Konte hozirgi yarim himoya chizig'idan norozi va o'z jamoasida Pogbani ko'rmoqchi.

"Inter" boshqa o'yinchilarning sotuvidan tushadigan pullarni kutadi va Pogbani maoshining kamayishiga rozi qilishiga to'g'ri keladi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport