Konte yozda Arturo Vidalni "Chelsi"ga olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2017
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Konte Chili terma jamoasi futbolchisi bilan suhbatlashgan va yozda Vidal "aristokratlar"ga o'tishiga umid qilmoqda.

Ayni damda Vidalning shartnomasidagi badal puli 65 mln. evro. Futbolchi va "Bavariya" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mercurio