Konte yozda A Seriya klubini qabul qilib olsa, "Inter"ga kompensaciya sifatida 7 mln evroni qaytaradi

Alisher
27 may 2021, 18:24
Kecha "Inter"dan ketganini e'lon qilgan Antonio Konte kelasi mavsumda A Seriyada ishlay olmaydi.

Murabbiy va klub yozda mutaxassisning Italiya klubini qabul qila olmasligi borasida shartnoma imzolashdi. Agar u kelishuvni buzsa, "Inter"ga kompensaciya sifatida 7 mln evroni qaytaradi.

Eslatib o'tamiz, italiyalik rahbariyat bilan kelishmovchilik sabab "Inter"dan ketdi.

Klub prezidenti Stiven Chan futbolchilarning sotuvidan 90 million evro miqdorida ishlab olmoqchi, shuningdek maoshlarni 15-20 foizga kamaytirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com