Konte yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2025
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte ikkinchi bor "Yuventus" boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, Turin klubi murabbiyni qaytarishni orzu qilmoqda va yozda buni amalga oshirish niyatida.

Eslatib o'tamiz, Konte "Yuventus"ni 2011 - 2014 yillar davomida boshqargan, bundan tashqari 1991 - 2004 yillar oralig'ida klub sharafini futbolchi sifatida ham himoya qilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DAZN