Konte: "Venger va Mourinyo taqvim sabab emas, "Chelsi"ning yetakchiligidan siqilishmoqda"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 19:10
Chelsi bosh murabbiyi Antonio Konte Arsenal va Manchester Yunayted bosh murabbiylarining taqvim borasidagi noroziliklari haqida gapirib o'tdi.
"O'ylaymanki, Venger va Mourinyolar taqvim sabab emas, bizning yetakchilar qatorida ketayotganimiz uchun asabiylashmoqdalar. Bu masalan Italiyada ham birinchi o'rinda ketayotganligingizda bo'ladigan holat. Bizning ustunligimiz shunchaki "Tottenxem"dan bir kun ortiq dam oldik.

Masalan bungacha biz 6 kun ichida uchta o'yin o'tkazishga majbur bo'lgandik. Biroq, o'shanda o'zimizning jismoniy holatimizni qay darajada ekanligini namoyish qila olgandik", - deydi italiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph