Konte: "Statistikani yoqtirmayman, ammo "Chelsi" APLda 11 uchrashuvdan beri nolga o'ynay olmayapti"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2017, 12:21
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte o'z jamoasining omadsiz seriyasidan havotirda emasligini aytdi.

Ko'klar APLning ketma-ket 11 uchrashuvidan beri gol o'tkazib yuborishmoqda.

"Statistikani yoqtirmayman, ammo bu kerakli ma'lumot. Bazida statistika aldaydi, ayniqsa to'pga egalik qilishdi. To'pga ko'p egalik qilib, uchrashuvda mag'lub bo'lish mumkin. Shu sababli bazi ko'rsatkichlar ahamiyatga ega emas. Ammo nolga o'ynalgan uchrashuvlar soni statistikasi muhim. Biz 11 uchrashuvdan beri darvozamizni quruq saqlay olmayapmiz.

Biz gol o'tkazib yuborgan vaziyatlarni o'rganib chiqib, o'z o'yinimiz ustida ishlashimiz kerak. Bunday vaziyatdan havotirda emasman" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com