Konte Sanches haqida fikrlarini bildirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2018, 21:33
"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches yaqin vaqtlarda klubini o'zgartirishi mumkin.

Chililik futbolchiga Manchesterning ikki jamoasi qiziqmoqda. "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "kanonirlar" forvardi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aleksis - ajoyib futbolchi. U "Udineze"dan "Yuventus"ga o'tishi uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilganmiz. Afsuski, u "Barselona"ga ketishni maqul ko'rgan. Men uning o'yinlaridan ta’sirlanaman va u buni juda yaxshi biladi", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tribal Football