Konte Pogbaning zaxirada qolishidan xursand

Tolibjon Qosimov
24 fev 2018, 19:34
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin Pol Pogba haqida gapirdi.

"Shunday fikrdaman. Agarda Pogba "Chelsi"ga qarshi o'yinda qatnashmasa, bizga yaxshi bo'ladi.

Biz yuqori darajadagi futbolchi haqida gapiryapmiz. Har qanday murabbiy u bilan ishlashni istaydi. Pogba "Yunayted"da qanday darajada ekanligini ko'rsata oldi.

Pogba zaxirada qolmasdan o'yinga tushsa ham buning menga ahamiyati yo'q. Sababi, men faqat o'z jamoam haqida o'ylayman", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com