Konte: "Levi ilk bor menga iyunda qo'ng'iroq qilganda, men uni rad etganman, sababi tayyor emasdim"

Alisher
20 noya 2021, 12:30
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte London klubini qay tarzda qabul qilib olganini aytdi.

"Deniel Levi menga ilk bor iyunda qo'ng'iroq qilganda, men unga "yo'q" deganman, sababi tayyor emasdim. Ammo, Levi bir necha hafta oldin yana aloqaga chiqqanda, meni har qanday narxga sotib olishni xohlayotganini ko'rsatib, ko'ndirdi.

Uning "Tottenxem"dagi yangi loyihasini ko'ra oldim - bu men uchun hal qiluvchi lahza", - deydi Konte.

Eslatib o'tamiz, Konte 2021 yilning 2 noyabrida "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzette dello Sport