Konte Kloppga javob qaytardi. U "Tottenxem"ning o'yin uslubi yoqmasligi haqida gapirgandi

Aziz Tukhtamuradov
11 may 2022, 09:57
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppga javob qaytardi.

Germaniyalik murabbiy avvalroq "Tottenxem"ning o'yin uslubi yoqmasligi haqida gapirgandi. Konte esa bunga o'z munosabatini bildirdi. 

"Albatta agar g'alabaga loyiq jamoa bo'lganida bu "Tottenxem" bo'lardi, "Liverpul" emas. Bu o'yinda Klopp bir ochko ishladi, ikki ochko yo'qotgani yo'q. Yurgen aqlli, u o'yindan so'ng hafa edi. Biz kabi top-murabbiylar uchun o'z jamoamiz qiziq bo'lishi kerak, raqiblar emas. 

Raqiblarga e'tibor qaratish, siz bahona topishga urinayotganingizni bildiradi. Bu esa sizning ishingizda barchasi joyida bo'lmaganidan darakdir", - dedi Konte. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport