Konte "Inter"da "Real"ning uch futbolchisini ko'rmoqchi

Alisher
8 iyun 2019
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyatga transfer rejalari haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassis milanliklar tarkibida "Real"ning uch futbolchisini ko'rishni xohlamoqda. Bular Nacho, Mateo Kovachich va Marko Asensiolardir.

29 yoshli Nacho barcha turnirlarda 30ta o'yin, 25 yoshli Kovachich 51ta o'yin va 23 yoshli Asensio 44ta o'yin o'tkazgan.

Oldinroq, Konte "Inter" tarkibida "Chelsi"da u bilan birga ishlagan futbolchi Sesar Aspilikuetani ko'rishni xohlayotgani aytilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: CalcioMercato