Konte: "Inter"da qolishni xohlayman"

Alisher
26 apr 2021, 18:01
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya grandidagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Qolishni xohlarmidim? Shubhasiz. Ishni noldan boshlash juda og'ir. "Inter"ni uzoq muddat davomida boshqarishga umid qilaman. Bu loyiha ustida ishlashda davom etishdan mamnun bo'laman", - deydi mutaxassis.

"Neradzurrilar" Italiya chempionatida 33 turdan so'ng 79 ochko jamg'ardi va jadvalda birinchi o'rinda bormoqda. Milan klubi ikkinchi o'rindagi "Atalanta"dan 11 ochko oldinda.

"Inter" keyingi turda "Krotone" bilan shanba kuni o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato