Konte "Inter" rahbariyatidan "Napoli" xavbekini xarid qilishni so'radi

Alisher
9 iyul 2020, 11:08
Murabbiy jamoaning o'rta chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Napoli" yarim himoyachisi Allan faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, ushbu transferni "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte xohlamoqda. U Allanni "Barselona" futbolchisi Arturo Vidalning o'rniga olib kelishi mumkin.

"Inter"dan tashqari Allanning xizmatlariga "Everton" va "Atletiko" klublari ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com