Konte "Inter" boshqaruvini o'z qo'liga olib, yetakchi futbolchini jamoadan ketkazib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
5 apr 2019, 21:13
Antonio Konte "Inter" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, Konte jamoani boshqarishini klub bosh direktori Beppe Marotta istamoqda. U bir necha bora Konte bilan bog'langan. 49 yoshli mutaxassis so'nggi oylarda "Inter" bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Qayd etilishicha, u jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olsa, ilk navbatda Mauro Ikardini sotib yuboradi. Konte uning o'rniga Edin Jekoni transfer qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato