Konte Yevropa chempionatiga boradigan tarkibni tanlashda qiynalmoqda

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte qiyin tanlovlar oldida boshi qotganini ta'kidlab o'tdi.


- Shotlandiyaga qarshi o'yindan so'ng butun jamoaga tashakkur bildirdim. Chunki endi oldimda yakuniy tarkibni aniqlab olishdek qiyin tanlov turibdi. Barcha futbolchilar "skuadra adzurra" ular uchun ahamiyatsiz emasligini isbotlashdi.
Bu futbolchilar ichidan Yevropa chempionatiga boradigan tarkibni aniqlab olish juda qiyin. Qaysi futbolchilar uyda qolishlaridan qatiy nazar ularga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular uchun hali hammasi oldinda. Hali kim borishi va kim qolishi ma'lum emas. Bu borada men hech kimga aytganim yo'q. Men tarkibni ma'lum qilishdan avval professor Enriko Kastelachchi bilan ko'rishaman va futbolchilarning holati bilan tanishib chiqaman. Shundan so'ng, yakuniy tarkib borasida aniq to'xtamga kelaman.


Manba: Football-Italia