

Antonio Konte bilan "Yuventus"da birga ishlagan futbolchi "Chelsi"ga o'tishi kutilmoqda. Asamoani turinliklar safiga aynan Konte taklif qilgandi. Londonliklar Asamoa uchun "Yuve"ga 20-25 million evro atrofida pul taklif qilishmoqchi. "Yuventus" esa bu taklifga rad javobini bermoqchi emas. Tez orada tomonlar muzokaralarni boshlashadi.



