Konte: "Chelsi" yana bir himoyachi sotib olishi kerak"

Aslanov Jasurbek
21 avg 2016, 15:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontening ma'lum qilishicha, jamoa yana bir himoyachiga muhtoj.

"Ayni damda bizda bor-yo'g'i 5 nafar himoyachi bor va ularning to'rt nafari bugun maydonga tushdi. Ola Eyna akademiyada keldi. U 1996 yilda tug'ilgan va Ola juda iqtidorli, ammo u o'sishi lozim. Aynan shu sababli biz uni birinchi jamoaga o'tkazdik. Himoyachilarimizdan biri jarohat olsa, og'ir vaziyatga tushib qolamiz. Klub rahbariyati bu haqda yaxshi biladi va biz har kuni tarkibni kuchaytirish ustida ishlayapmiz, ammo hozir bozorda vaziyat boshqacha.

Men faqat xarid qilish niyatida futbolchi olmoqchi emasman. Menga "Chelsi"ga hozir va kelajakda mos tushadigan o'yinchi kerak. Transfer byujetidan to'g'ri foydalanishimiz kerak" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com