

Ma'lum bo'lishicha, 46 yoshli mutaxassis Italiya futbol federatsiyasi bilan shartnoma uzaytirishni istamadi va mart oyida "Chelsi" murabbiyi bo'lish uchun navbatdagi muzokaralarni o'tkazadi. Oldinroq ingliz klubi rahbari Roman Abramovich jamoaga Diego Simeoneni ("Atletiko") chaqirish fikridan voz kechaganini va Konte hamda Massimiliano Allegri nomzodlarini ko'rib chiqayotgani e'lon qilingan edi.
Konte "Chelsi"ga o'z jamoasida ko'rishni istagan futbolchilar ro'yxatini yubordi. Bular, Pol Pogba ("Yuventus"), Xose Ximenes ("Atletiko"), Marko Veratti va Esekel Lavessi (ikkalasi PSJ).



