
Shou davomida qur'a tashlanadi, musobaqa taqvimini e'lon qilinadi, o'yinlar bo'lib o'tadigan Qozon, Moskva, Sankt-Peterburg va Sochi shaharlari tanishtiriladi.
Ushbu shou Rossiyaning Birinchi kanali bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Konfederatsiyalar kubogi 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar bo'lib o'tadi. Musobaqa ilk bor Rossiyada o'tkaziladi. Unda Jahon chempioni Germaniya, mezbon Rossiya, qita chempionlari Avstraliya, Chili, Meksika, Portugaliya va Yangi Zelandiya ishtirok etadi. So'nggi 8-ishtirokchi 2017 yil fevral oyida Afrika millatlar kubogidan so'ng ma'lum bo'ladi.
Qur'a jarayonida 8 jamoa 4tadan ikki guruhga ajratiladi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalga chiqadi. Yarim final o'yinlari Qozon va Sochi shaharlarida bo'lib o'tsa, final Sankt-Peterburgda o'tkaziladi.