Kompani: "Siti" keyingi mavsumni sovrinlar bilan yakunlashi uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

Aslanov Jasurbek
23 may 2015, 11:10
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani "Sautgempton"ga qarshi mavsumning so'nggi uchrashuvi oldidan, muxlislarga jamoa kelasi mavsumda sovrinlar uchun kurashishini ta'kidladi.

"Mavsumni sovrinsiz tugatishni istamagan edik. Bu vaziyatni to'g'irlash uchun kelasi mavsum bor kuchimizni ishga solamiz. Mavsumning muhim qismida pasayishlar kuzatildi, o'ydagi uchrashuvlarda juda ko'p ochko yo'qotdik va yakunda xatolar uchun jazolandik.

"Siti" o'tgan mavsumda uydagi uchrashuvlardagi muvaffaqiyat tufayli ikki sovringa ega chiqqan va biz bu darajani qaytarishimiz kerak. Shunday bo'lishiga ishonaman. Kerakli ochko ola bilmadik, ammo jamoa mavsumni yaxshi yakunladi.

So'nggi 5 uchrashuvda g'alaba qozondik, yakshanbada oltinchi g'alabani qo'lga kiritamiz deb o'ylayman" - deydi Kompani.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com