Koman – YCHL finalida gol urgan 9-francuz

24 avg 2020, 01:43
"Bavariya" va PSJ o'rtasidagi YCHL finali davom etadi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida myunxenliklar yarim himoyachisi Kingsli Koman Kimmixning uzatmasidan keyin hisobni ochdi.

Koman YCHL finalida gol urgan 9-fransiyalik o'yinchiga aylandi. Kingsliga qadar bu ishni Mishel Leblon, Jan Templen, Mishel Idalgo, Mishel Platini, Bazil Boli, Marsel Desayi, Zinedin Zidan va Karim Benzema uddalagan edi.

Eslatib o'tamiz, Koman Parijda tug'ilgan va PSJda tarbiyalangan. U francuz klubini 2014 yilda tark etgan edi.

YCHL. Tiago Silva tarixga kirdi 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia