Kolumbiyalik futbolchi "Buxoro" safida debyut qildi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2015, 11:49
Kecha "Buxoro" klubi Antaliyadagi yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Rossiya premer-ligasi vakili Tulaning "Arsenal" klubiga qarshi o'tgan bahsda "Buxoro" 0:3 hisobida mag'lub bo'lgani haqida xabar berdik.

Bu o'yinda buxoroliklar safida kolumbiyalik legioner Raul Kuesto maydonga tushdi. Bundan tashqari "Paxtakor" bilan shartnomasini bekor qilgan Alibobo Rahmatullaev ham Aleksandr Mochinov jamoasi tarkibida "Arsenal"ga qarshi o'ynadi. Bu haqda pfcbuxoro.com sayti xabar berdi.

Quyida "Arsenal"ga qarshi o'ynagan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

“Buxoro” (Buxoro): Farrux Turdaliev, Hasan Asqarov, Raul Kuesto, Saidkomil Akbarov, Otabek Narzullaev, Dilyaver Abibullaev, Suxrob Ne'matov, Ahror Umarjanov, Alibobo Rahmatullaev, Evgeniy Kochnev, Zayniddin Tojiev.
Zaxiradan tushganlar: Jamshid Hasanov, Vyacheslav Ponamaryov, Jamoliddin Ubaydullaev, Ravshan Aslanov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia