Kolo Muani PSJdan ketishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
29 okt 2024, 19:41
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Randal Kolo Muanini 40-50 million evroga sotishga tayyorligi ma'lum qilinmoqda.

2023 yilda parijliklar hujumchini 90 million evro evaziga "Ayntraxt"dan sotib olgandi.

Takidlanishicha, "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya"si o'tgan yozda forvardni sotib olishga uringan, ammo narx borasida kelisha olishmagan.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ham Randal Kolo Muani xizmatlariga qiziqayotgani aytilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: lequipe.fr