Kolo-Muani: "PSJda Germaniyadagidek baxtli emasman"

Alisher
11 fev 2024
PSJ hujumchisi Randal Kolo-Muani Germaniyada o'zini Fransiyadagidan ishonchliroq his qilganini tan oldi.

"Menga shunchaki baxt va o'zimga bo'lgan ishonch kerak. Shunda barchasi soatdek ishlaydi. Hozirda baxtliman, ammo Germaniyadagidek emas. PSJ o'yinchisi bo'lishdan xursandman. Ammo, o'zimni bundan ham yaxshiroq his qilishim mumkin edi", - deydi Kolo-Muani.

Futbolchi PSJga "Ayntraxt"dan 2023 yilning sentyabr oyi boshida o'tdi. Hujumchi Liga 1 doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe