Koler: "Menga Gyotcening "Bavariya"dagi o'yini yoqmayapti"

Aslanov Jasurbek
31 mar 2015
Sobiq Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yurgen Koler "Bavariya" yarim himoyachisi Mario Gyotce o'yinini tanqid qildi.

"To'g'risini aytaman, menga Gyotcening "Bavariya"dagi o'yini yoqmayapti. Uning hisobida etarlicha gol bo'lishi mumkin, ammo uning o'yinidan rohat olmayapman. U Dortmundning "Borussiya"sida yaxshi harakat qilgan. Bir kun kelib u "Bavariya"ning zaxirasiga tushib qolsa, Gyotce kemadan tushib qolishi aniq" - deydi Koler.

Gyotce bu mavsumda Germaniya chempionatining 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta golli pas bergan va 9ta golga mualliflik qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com