

LaLiganing 30-turida "Atletiko" safarda "Barselona"ga minimal hisobda mag'lub bo'ldi. Koke esa ushbu uchrashuvni zaxiira o'rindig'ida o'tkazdi. Bunga sabab sifatida uning jarohat olgani keltirildi.
Futbolchi "Movistar Plus+" kanalidagi "El Día después" ko'rsatuvida hakamlikni keskin tanqid qildi.
"Barselona" hakamlarni sotib olgan. Hakamlar sotilgandi", - deb aytdi "Atletiko" sardori.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Barselona"ning 17 yil davomida hakamlarga pul o'tkazib kelgani borasidagi ishlar taftish qilinmoqda.



