Klyuyvertning o'g'li: "Kumirim - Ronaldu, ammo orzuim "Barselona"da o'ynash"

Narzulla Saydullayev
24 mar 2017, 15:40
Patrik Klyuyvertning 17 yoshli o'g'li Jastin o'z fikrlarini bildirdi.
"Men Krishtianuning o'yinlarini kuzataman", - deydi Jastin.

"Faqat o'yinlari tufayli emas, turmush tarzi, ovqatlanishi va og'ir mashg'ulotlari tufayli ham. U men uchun namuna".

"Ammo "Barselona"da o'ynash asosiy orzuim. 7 yildan keyin u yerda bo'lishni istardim. Ammo undan oldin Angliyada o'ynashni xohlayman. Menga Premer-liga juda yoqadi", - deydi Jastin Klyuyvert.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com