Klublar reytingi. Mingtalikdan O'zbekistonning ikki klubi o'rin oldi, ular orasida "Paxtakor" yo'q

Оқил Абдубарноев
21 mar 2026, 21:00
Opta superkompyuteri futbol klublarining yangilangan jahon reytingini e'lon qildi.

Ro'yxatga 13 000 dan ortiq jamoalar, jumladan, O'zbekiston Superligasi klublari kiritilgan.

Reytingni tuzishda jamoaning milliy chempionatdagi natijalari, liganing umumiy darajasi, shuningdek, mamlakat va qita reytinglari hisobga olindi.

Reytingda Angliyaning "Arsenal" klubi yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikdan "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid" va "Manchester Siti" o'rin olgan.

O'zbekistonning ikki klubi TOP-1000 ro'yxatdan o'rin olgan: "Neftchi" – 933, "Nasaf" – 954-o'rinni egallagan. "Paxtakor" esa kuchli mingtalikdagi o'rnini boy bergan va 1017-o'ringa tushgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta