Klublar o'rtasidagi JCHning qachon bo'lib o'tishi ma'lum

Alisher
24 dek 2020, 15:40
Jamoalar Qatarga yo'l oladi.

2020 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati 2021 yilning 1 fevralidan 11 fevraliga qadar Qatarda o'tkaziladi.

Musobaqa koronavirus pandemiyasi tufayli ko'chirilgan edi.

Musobaqada 6 klub ishtirok etadi: "Al Duhayl" (Qatar), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya), "Bavariya" (Germaniya), "Tigres" (Meksika), "Al Ahli" (Misr) va "Ulsan Xyonde" (Janubiy Koreya).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal