Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun chorak final o'yinlari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2016, 09:10
Bugun Yaponiyadagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o'rin olgan ikki uchrashuv o'tkaziladi.

OCHL g'olibi "Chonbuk Xyunday Motors" klubi KONKAKAF chempioni "Amerika" klubiga qarshi o'ynaydi. Afrika chempioni "Mamelodi Saundauns" esa musobaqa mezboni "Kashima Antlers" bilan kuch sinashadi.

Janubiy Amerika chempioni "Atletiko Nasional" va Yevropa chempioni "Real Madrid" klublari musobaqani yarim finaldan boshlashadi.


1/4 final
11 dekabr 12:00 (Toshkent vaqti)

"Chonbuk Xyunday Motors" (Janubiy Koreya) - “Amerika” (Meksika)
 
11 dekabr 15:30 (Toshkent vaqti)
"Mamelodi Saundauns" (JAR) – "Kashima Antlers" (Yaponiya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia