Klublar o'rtasidagi JCH. "Al Hilol" BAA klubini tor-mor keltirdi, keyingi raqib - "Chelsi"

Sherzod Nurmatov
6 fev 2022, 23:55
Musobaqa chorak finali doirasidagi "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) – "Al Jazira" (BAA) uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Saudiya Arabistoni klubi Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi darvozasiga 6 ta to'p yo'lladi va qiyinchiliksiz yarim finalga chiqdi. 

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati

1/4 final

"Al Hilol" – "Al Jazira" 6:1

Gollar: Igalo 36', Pereyra 40', Kanoo 57', Al Dovsari 77', Marega 88', Karrilo 90+2' – Diabi 14'

Endi "Al Hilol"ning yarim finaldagi raqibi Londonning "Chelsi" klubi bo'ladi. Uchrashuv 9 fevral kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia