

Juma kuni FIFA Meksikaning "Leon" klubi shu yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma'lum qildi. FIFA ushbu klubning o'rnini kim to'ldirishini keyinchalik e'lon qilishini yozib o'tdi.
Ispaniyaning "Sport" nashri ma'lumotiga ko'ra, hozirda ushbu o'rin uchun "Liverpul" hamda "Barselona" da'vogarlik qilmoqda.
Qayd etish kerak, klublar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga o'tgan yili qur'a tashlangan va unda "Leon" "Flamengo", "Esperans" hamda "Chelsi" bilan bir guruhdan o'rin olgandi.



