Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. "Liverpul" finalga chiqdi

19 dek 2019, 00:25
Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

UEFA Chempionlar ligasi g'olibi "Liverpul" klubi KONKAKAF Chempionlar ligasi g'olibi "Monterrey"ni so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga 2:1 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi. 


Endi Yurgen Klopp shogirdlari finalda Libertadores Kubogi sohibi, Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan to'qnash kelishadi.



Monterrey (Meksika) – Liverpul (Angliya) 1:2

18 dekabr, Khalifa International Stadium

Gollar: 0:1 – 11 Keyta, 1:1 – 14 Funes Mori, 1:2 – 90 Firmino.
Monterrey – Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layyun, 79), Vandjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges.
Liverpul – Alisson, Xenderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Salax, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vandjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia