Kloppning agenti: "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Yurgenga murojaat qilgan

Sherzod Nurmatov
17 fev 2026, 14:37
Agent Mark Kosicke nemis murabbiyining faoliyatini davom ettirish bo'yicha mavjud bo'lgan variantlari haqida fikr bildirdi.

"Liverpul"ning sobiq murabbiyi 2023/24 yilgi mavsum yakunida iste'foga chiqqan va hozirda "Red Bull" tizimida futbol bo'limi bo'yicha global rahbar lavozimida faoliyat yuritmoqda.

"Hozircha men uning murabbiylikka qaytishini tasavvur qila olmayman, chunki u bu muhitdagi yangi rolidan juda mamnun.

Ehtimol, bir payt kelib u yana kiyim almashtirish xonasining kayfiyatini his qilish kerak, deb aytar. Biroy hozirda u o'z rolidan juda qoniqmoqda. Red Bull'ga qo'shilishidan oldin Yurgen AQSH yoki Angliya terma jamoasining murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Shuningdek, ehtimol Germaniya ham, agar u yerda Yulian Nagelsmann bo'lmaganida.

Hatto "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham murojaat qilgan, biroq Yurgen Angliyadagi boshqa klubni boshqarmasligini ochiq-oydin aytgan. Bu so'rovlar to'xtagani yo'q", – dedi u.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN