Klopp: “Xendersonning jarohati qanday ekanligini bilmayman”
9 iyul 2020, 07:46
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp APL 34-turidan o'rin olgan bahsda shogirdi Jordan Xendersonning jarohat olganiga munosabat bildirdi.
“Bu qanchalik jiddiy ekanligini bilmayman. Rostdan ham bilmayman. Maydondagi holatni ko'rmay qoldim. Ammo bu katta ehtimol bilan shunchaki jarohat emas. Biroq biz kutishimiz kerak. Boshqa hech narsa deya olmayman”, - deydi Klopp.