Klopp Tuxelni uchta o'yindan beri yuta olmayapti

Aslanov Jasurbek
29 avg 2021, 01:50
"Liverpul" "Chelsi" klubi bilan durang o'ynadi.

Mersisaydliklar murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi" ustozi Tomas Tuxelni uchta o'yindan beri mag'lub qila olmayapti. 

Kechagi o'yindagi durangga qadar, Klopp Tuxelga ikki marta mag'lub bo'lgandi. Klopp Tuxel boshchiligidagi "Chelsi" (0:1) va PSJga (1:2) qarshi mag'lubiyat alamini totgandi.

Qizig'i shundaki, bundan oldingi statistika mutlaqo Klopp foydasiga bo'lgandi. Ushbu noxush ananaga qadar Yurgen Klopp Tuxelga qarshi 9 ta g'alaba, 3 durang va bir mag'lubiyat qayd etgib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt