Klopp "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
15 sen 2018, 21:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 5-turi doirasida "Tottenxem" (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi, maydonda ikkita top-jamoalar harakat qildi. G'alaba qozondik, "Tottenxem"ni safarda mag'lub etganimiz esa ajoyib natija. Ajoyib futbolchilarimdan faxrlanaman, ular chiroyli harakat qilishdi. Biz g'alabaga loyiq edik. "Liverpul" 85 daqiqa mobaynida o'yinni nazorat qildi. To'p bilan va to'psiz ham "Tottenxem"ga muammolar tug'dirdik. Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni namoyish qildik. Natijadan ko'ra, o'yinimiz menga anchagina yoqdi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC