Klopp terma jamoani boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 apr 2024
Yurgen Klopp kelajakda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasining hozirgi ustozi Yulian Nagelsmann yozda "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Agar Nagelsmann Nemis futbol ittifoqi bilan shartnomani uzaytirmasa, tashkilot 2025 yilda Yurgen Klopp bilan bitim imzolashga urinib ko'radi. Nemis mutaxassisi bir yil dam olib, keyin JCH-2026 tayyorgarligiga kirishishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany